Marketolog bilişi şart bölgan 20 ta marketing metrikasi
CTR, CPC, ROAS, ROMI, CAC, LTV va yana 14 ta metrika: har biri uçun formula va bitta dökon misolida hisob-kitob. Qaysi metrikadan boşlaşni ham bilib olasiz.
Oy oxirida rahbar söraydi: “Reklamaga 6 mln söm sarfladik, bu pul qaytdimi?” Siz esa Instagram’dagi layklar va körişlar sonini körsatasiz. Şunda sizda bir savol tuğiladi: Men özi qaysi raqamlarga qaraşim kerak? Sababi: marketing metrikalari juda köp, lekin ularning hammasi ham pul haqida gapirmaydi.
Bu postda marketolog bilişi kerak bölgan 20 ta metrikani mijoz yöli böyiça guruhladim: reklamani köriş, bosiş, buyurtma, pul va qaytgan mijoz. Har biri uçun formula, misol va unga qaçon qaraş kerakligini haqida yozilgan.
Misollar uçun bitta biznesni misol qilib olamiz. Toşkentdagi onlayn kiyim dökoni bir oyda Instagram’da 6 000 000 sömlik reklama berdi. Raqamlar öylab topilgan, lekin hisob-kitoblar töğri.
Marketing metrikalari nima va nega kerak?
Marketing metrikalari — marketing qançalik işlayotganini körsatadigan raqamlar. Ular reklamani neça kişi körganidan tortib, bitta mijoz qança foyda keltirganigaça ölçaydi. Metrikasiz marketing taxminga tayanadi: “menimça, Telegram yaxşi işlayapti”. Metrika bölsa, qaysi kanalga pul qöşiş va qaysi kanaldan oliş kerakligini aniq biliş mumkin.
KPI bilan metrikani ham adaştirmang. Har qanday ölçanadigan körsatkiç metrika hisoblanadi. KPI esa siz maqsad qilib tanlagan va natijasi uçun javob beradigan 3–5 ta metrika. Masalan, CTR oddiy metrika, lekin “oyiga 200 ta lid, har biri 40 000 sömdan arzon” degan maqsad KPI böladi.
Baʼzi raqamlar çiroyli körinadi, ammo qaror qabul qilişga yordam bermaydi. Ingliz tilida ularni vanity metrics deyişadi. Obunaçilar soni va layklar şunday: ular ösişi mumkin, sotuv esa joyida qoladi. Agar marketing haqida tusunçangiz bölmasa, marketing özi nima va biznesga nima uçun kerak degan postimni öqib çiqing.
1–4. Qamrov metrikalari: reklamani neça kişi kördi?
Avvalo voronkaning eng tepasidan boşlaymiz. Quyidagi tört metrika brendni qança foydalanuvçi körganini körsatadi, lekin ular sotib olganini körsatmaydi.
1. Körişlar soni (impressions)
Reklama yoki post ekranda neça marta körsatilgani. Agar bitta foydalanuvçi reklamani beş marta körsa, bu beş köriş hisoblanadi. Dökonimizda bir oyda 300 000 köriş böldi. Raqam katta, lekin bu metrikaning özi sotuv haqida heç bir maʼlumot bermaydi. Uni boşqa metrikalarni hisoblaşda işlatasiz.
2. Qamrov (reach)
Reklamani kamida bir marta körgan noyob foydalanuvçilar soni. Dökon misolida qamrov 100 000 kişi. Demak, 300 000 köriş 300 000 kişi degani emas. Yangi auditoriyaga çiqmoqçi bölsangiz, aynan qamrovga qarang.
3. Çastota (frequency)
Bitta foydalanuvçi reklamani örtaça neça marta körgani: körişlar ÷ qamrov. Bizda 300 000 ÷ 100 000 = 3. Agar çastota past bölsa, reklama esda qolmaydi. Aksinça, juda yuqori çastota foydalanuvçini zeriktiradi. Çastota ösib borayotganda CTR tuşsa, kreativni yangilaş vaqti kelgan böladi.
4. CPM (1000 köriş narxi)
Reklamaning har 1000 körişi uçun tölangan pul: xarajat ÷ körişlar × 1000. Dökon uçun 6 000 000 ÷ 300 000 × 1000 = 20 000 söm. CPM auditoriya qançalik “qimmat”ligini körsatadi. Şu bilan birga auditoriyani juda toraytirsangiz, CPM odatda oşadi.
5–9. Jalb qiliş metrikalari: reklama qiziqiş uyğotdimi?
Körgan foydalanuvçi töxtadimi, reklamani bosdimi, saytda qoldimi? Bu guruh reklama va kontent sifatini baholaydi.
5. CTR (bosiş darajasi)
Reklamani körganlarning neça foizi uni bosgani: bosişlar ÷ körişlar × 100. Google Ads maʼlumotnomasidagi misolga köra, 100 körişdan 5 ta bosiş 5% CTR beradi. Dökonda 3 000 bosiş böldi, yaʼni CTR 1%. CTR past bölsa, odatda rasm, sarlavha yoki auditoriyada muammo bor degani.
6. CPC (bitta bosiş narxi)
Bitta bosiş uçun örtaça qança tölaganingiz: xarajat ÷ bosişlar. Bizda 6 000 000 ÷ 3 000 = 2 000 söm. CTR oşsa, bir xil byudjetga köproq taşrif olasiz. Biroq arzon bosiş hali mijoz degani emas, şuning uçun CPC’ni konversiya bilan birga körib çiqing.
7. Sessiyalar va trafik manbalari
Saytga neça marta kirilgani va foydalanuvçilar qayerdan kelgani: Google qidiruvi, Instagram, Telegram yoki töğridan-töğri. Dökonda 3 000 bosişdan saytda 2 500 sessiya qayd etildi: bunday farq odatiy, çunki baʼzi foydalanuvçilar sahifa oçilgunça çiqib ketadi. Biroq farq juda katta bölsa, sayt tezligini va analitika kodini tekşiring. Qidiruvdan keladigan bepul trafik haqida SEO nima degan postda yozganman.
8. Faollik darajasi (engagement rate, ER)
Ijtimoiy tarmoqda post bilan qança foydalanuvçi muloqot qilgani: (layk + izoh + saqlaş + ulaşiş) ÷ qamrov × 100. Masalan, post 5 000 kişiga yetib, 250 ta reaksiya olsa, ER 5% böladi. Baʼzi xizmatlar ER’ni qamrovga emas, obunaçilar soniga bölib hisoblaydi. Şu sababli bitta hisobotda faqat bitta usuldan foydalaning.
9. Jalb qilingan sessiyalar va rad etiş darajasi (bounce rate)
Google Analytics 4 sessiyani uç holatda “jalb qilingan” deb hisoblaydi: u 10 soniyadan uzoq davom etsa, unda kalit hodisa bölsa yoki kamida 2 ta sahifa körilsa. Rad etiş darajasi esa jalb qilinmagan sessiyalar uluşi. Dökonda 2 500 sessiyadan 1 550 tasi jalb qilingan: faollik 62%, rad etiş 38%. Rad etiş yuqori bölsa, reklamadagi vaʼda sahifa mazmuniga mos kelmayotgan bölişi mumkin.
10–13. Konversiya metrikalari: qiziqiş buyurtmaga aylandimi?
Reklama xarajati aynan şu bosqiçda mijozga aylanadi yoki behuda ketadi. Şuning uçun bu tört metrikani har hafta kuzating.
10. Lidlar soni
Lid (potensial mijoz) — telefon raqamini qoldirgan, Telegram’ga yozgan yoki ariza töldirgan potensial mijoz. U hali sotib olmagan, lekin qiziqişini bildirgan. Dökonga bir oyda 150 ta lid keldi. Har bir lidni manbasi bilan yozib boring, aks holda qaysi reklama işlaganini bilib bölmaydi.
11. CPL (bitta lid narxi)
Formula oddiy: xarajat ÷ lidlar soni. Bizda 6 000 000 ÷ 150 = 40 000 söm. CPL ayniqsa xizmat körsatuvçi bizneslar uçun qulay: öquv markazi, klinika, taʼmirlaş ustasi. Ammo arzon lid sifatsiz bölişi ham mumkin. Şu bois CPL’ni lidning sotuvga aylanişi bilan birga baholang.
12. Konversiya darajasi (CR)
Saytga kirganlarning neça foizi kerakli harakatni qilgani: konversiyalar ÷ sessiyalar × 100. Dökonda 2 500 sessiyadan 60 ta buyurtma böldi, CR 2,4%. Agar lidlar bilan işlasangiz, ikkinçi konversiyani ham hisoblang. Masalan, 150 liddan 60 tasi sotib oldi, demak lid → sotuv konversiyasi 40%. Bu raqam sotuv bölimi qanday işlayotganini körsatadi.
13. CPA (bitta konversiya narxi)
Formula: xarajat ÷ konversiyalar. Bizda 6 000 000 ÷ 60 = 100 000 söm, yaʼni har bir buyurtma 100 000 sömga tuşdi. CPA’ni har bir buyurtmadan qoladigan foyda bilan soliştiring. Agar foyda CPA’dan kam bölsa, mijoz qayta kelmagunça har bir sotuv zarar keltiradi.
14–17. Pul metrikalari: marketing özini oqladimi?
Rahbar va biznes egasi asosan şu metrikalarni söraydi, çunki ular reklama xarajatini tuşum va foyda bilan boğlaydi.
14. Örtaça çek (AOV)
Bitta buyurtmaning örtaça summasi: tuşum ÷ buyurtmalar soni. Dökon reklamadan 24 000 000 söm tuşum oldi, 60 ta buyurtma bilan örtaça çek 400 000 söm. Uni oşiriş uçun töplam taklifi, qöşimça mahsulot tavsiyasi yoki maʼlum summadan bepul yetkazib berişni sinab köring. Örtaça çek oşsa, bir xil CPA bilan köproq foyda qoladi.
15. ROAS (reklama xarajatining qaytimi)
Reklamaga sarflangan har bir söm qança tuşum keltirgani: reklamadan tuşum ÷ reklama xarajati. Dökonda 24 000 000 ÷ 6 000 000 = 4, yaʼni ROAS 4 yoki 400%. Lekin ROAS foydani emas, tuşumni hisoblaydi. Masalan, marja 25% bölsa, ROAS 4 faqat reklama xarajatini qoplaydi. Zararsizlik nuqtasidagi ROAS’ni topiş uçun 1 ni marjaga böling: 1 ÷ 0,25 = 4.
16. ROMI (marketing investitsiyasining qaytimi)
ROMI foydani ölçaydi: (marketingdan kelgan yalpi foyda − marketing xarajati) ÷ marketing xarajati × 100. Dökonning marjasi 40%, demak 24 000 000 söm tuşumdan 9 600 000 söm yalpi foyda qoldi. Kampaniya ROMI’si: (9 600 000 − 6 000 000) ÷ 6 000 000 × 100 = 60%. ROMI noldan past bölsa, kampaniya özini oqlamagan. Çegirma marjani qançalik kamaytirişini 11.11 çegirmalari haqidagi postda hisoblab körsatganman.

17. CAC (yangi mijozni jalb qiliş narxi)
Bitta yangi mijozni olib keliş uçun ketgan barça xarajat: marketing va sotuv xarajatlari ÷ yangi mijozlar soni. CPA’dan farqi şundaki, CAC’ga faqat reklama emas, SMM mutaxassis maoşi, dizayn va sotuv menejeri ham kiradi. Dökonda reklamaga 6 mln, SMM mutaxassisga 4 mln söm ketdi, 60 xaridordan 50 tasi yangi. Natijada CAC = 10 000 000 ÷ 50 = 200 000 söm.
18–20. Mijoz metrikalari: xaridor qaytyaptimi?
Köp bizneslar şu guruhni unutadi. Holbuki eski mijozni qaytariş köpinça yangisini topişdan arzonroqqa tuşadi.
18. LTV (mijozning umrbod qiymati)
Bitta mijoz siz bilan işlagan butun davrda keltiradigan foyda. Oddiy formula: örtaça çek × yiliga xaridlar soni × yillar soni × marja. Dökon mijozi yiliga 3 marta, 2 yil davomida xarid qiladi: 400 000 × 3 × 2 × 0,4 = 960 000 söm. Keyin LTV’ni CAC bilan soliştiring: 960 000 ÷ 200 000 = 4,8. Köp marketologlar 3:1 nisbatni eng past çegara deb oladi.
19. Mijozni uşlab qoliş darajasi (retention) va churn
Maʼlum davrda xarid qilgan mijozlarning qançasi keyingi davrda yana qaytgani. Dökonda reklama oyidagi 60 xaridordan 18 tasi keyingi 3 oy içida yana buyurtma berdi: retention 30%. Obunaga asoslangan biznesda, masalan öquv markazi yoki fitnes klubda, teskari körsatkiç ham kuzatiladi. Churn ketib qolgan mijozlar uluşini bildiradi: retention 70% bölsa, churn 30%.
20. NPS (tavsiya indeksi)
Mijozga bitta savol beriladi: “Bizni döstingizga tavsiya qiliş ehtimoli 0 dan 10 gaça qança?” 9–10 baho berganlar tavsiya qiluvçilar, 0–6 berganlar esa norozilar hisoblanadi. Bain & Company formulasi: NPS = tavsiya qiluvçilar foizi − norozilar foizi. Masalan, 200 javobdan 110 tasi 9–10 (55%), 30 tasi 0–6 (15%) bölsa, NPS 40 ga teng. Mijozlar asosan taniş-biliş orqali keladigan biznesda bu raqamni muntazam kuzatiş foydali.
Marketing metrikalari bitta jadvalda
Quyidagi jadvalni saqlab qöying: formulalar va dökon misolidagi natijalar bir joyda.
Metrika | Formula | Misol |
Körişlar soni | Reklama neça marta körsatilgan | 300 000 |
Qamrov | Kamida bir marta körgan noyob foydalanuvçilar | 100 000 |
Çastota | Körişlar ÷ qamrov | 3 |
CPM | Xarajat ÷ körişlar × 1000 | 20 000 söm |
CTR | Bosişlar ÷ körişlar × 100 | 1% |
CPC | Xarajat ÷ bosişlar | 2 000 söm |
Sessiyalar | Saytga taşriflar soni | 2 500 |
ER | Reaksiyalar ÷ qamrov × 100 | 5% (bitta post) |
Rad etiş darajasi | Jalb qilinmagan sessiyalar ÷ barça sessiyalar × 100 | 38% |
Lidlar soni | Kontakt qoldirgan foydalanuvçilar | 150 |
CPL | Xarajat ÷ lidlar | 40 000 söm |
CR | Konversiyalar ÷ sessiyalar × 100 | 2,4% |
CPA | Xarajat ÷ konversiyalar | 100 000 söm |
Örtaça çek | Tuşum ÷ buyurtmalar | 400 000 söm |
ROAS | Tuşum ÷ reklama xarajati | 4 (400%) |
ROMI | (Yalpi foyda − xarajat) ÷ xarajat × 100 | 60% |
CAC | Marketing va sotuv xarajatlari ÷ yangi mijozlar | 200 000 söm |
LTV | Örtaça çek × yiliga xaridlar × yillar × marja | 960 000 söm |
Retention | Qaytgan mijozlar ÷ davr boşidagi mijozlar × 100 | 30% |
NPS | Tavsiya qiluvçilar % − norozilar % | 40 |
Özbekistonda marketing metrikalarini ölçaş: nimaga eʼtibor beriş kerak?
Formulalar hamma joyda bir xil. Lekin Özbekistonda maʼlumot yiğişning öziga xos qiyinçiliklari bor.
Sotuv saytdan taşqarida böladi. Köp buyurtma Telegram, Instagram Direct yoki telefon orqali keladi, Google Analytics esa ularni körmaydi. Şuning uçun har bir lidni CRM’ga (amoCRM, Bitrix24) yoki oddiy Google Sheets jadvaliga manbasi bilan yozing.
“Bizni qayerdan topdingiz?” savoli. Operator yoki sotuvçi bu savolni har bir mijozga bersin. Ayniqsa Telegram kanal va tanişlar tavsiyasidan kelganlarni faqat şu yöl bilan ajratiş mumkin.
UTM belgilar. Instagram bio, Telegram post va reklamadagi har bir havolaga UTM qöşing. Şunda GA4 yoki Yandex Metrika trafikni kanallar böyiça töğri ajratadi.
Valyuta farqi. Meta va Google reklamasi uçun tölov köpinça dollarda böladi, sotuv esa sömda. Demak, ROAS va ROMI’ni hisoblaşda xarajatni bitta kurs bilan sömga ötkazing.
Marketpleys maʼlumoti. Uzum Market’da sotsangiz, buyurtmalar sotuvçi kabinetida turadi. Taşqi reklama xarajatini u yerdagi sotuv bilan alohida jadvalda soliştiring.
Qaysi marketing metrikalaridan boşlaş kerak?
20 ta metrikani birdaniga kuzatiş şart emas. Avval biznes maqsadini aniqlang, keyin unga mos 3–5 ta metrikani tanlang.
Maqsad | Asosiy metrikalar |
Brendni tanitiş | Qamrov, çastota, CPM |
Xizmat uçun lid yiğiş | CPL, lid → sotuv konversiyasi, CAC |
Onlayn sotuv | CR, CPA, ROAS, ROMI |
Doimiy mijoz bazasi | Retention, LTV, NPS |
Keyin quyidagi tartibda işlang:
1. Maqsadni raqam bilan yozing: masalan, “oyiga 100 ta buyurtma, ROMI 30% dan yuqori”.
2. Har hafta bitta jadvalga xarajat, bosişlar, lidlar, buyurtmalar va tuşumni kiriting.
3. Bir vaqtda faqat bitta narsani özgartiring: kreativ, auditoriya yoki narxni. Aks holda qaysi özgariş taʼsir qilganini bilib bölmaydi.
4. Oy oxirida kanallarni CAC va ROMI böyiça soliştiring, byudjetni yaxşi işlagan kanalga ötkazing.
Aslida reklama kabinetida işlaş bilan natijani öqiy oliş boşqa-boşqa könikma. Bu farq haqida target reklama yoqişni bilgan odam digital marketolog hisoblanadimi degan postda yozganman.
Yakuniy fikr
Metrikalarning hammasi bitta zanjirga boğlangan: köriş bosişga, bosiş lidga, lid buyurtmaga, buyurtma esa qaytgan mijozga aylanadi. Bitta böğin uzilsa, keyingi raqamlar ham tuşadi. Şuning uçun natija yomon bölsa, zanjirni tepadan pastga tekşirib, böş böğinni toping.
Qisqasi, layklarni sanaşda davom eting. Lekin oylik hisobotni ROMI va CAC bilan yakunlang. Rahbarning “pul qaytdimi?” degan savoliga aynan şu ikki raqam javob beradi.
Köp beriladigan savollar
Marketing metrikalari nima?
Marketing metrikalari marketing natijasini ölçaydigan raqamlar: qamrov, CTR, konversiya darajasi, ROAS, CAC, LTV va boşqalar. Ular qaysi kanal işlayotganini va reklamaga sarflangan pul qaytayotganini körsatadi.
ROAS va ROMI farqi nimada?
ROAS reklamadan kelgan tuşumni reklama xarajatiga böladi. ROMI esa foydani hisoblaydi: yalpi foydadan xarajatni ayirib, xarajatga böladi. Hatto ROAS yuqori bölsa ham, marja past bölsa, ROMI manfiy çiqişi mumkin.
Yaxşi CTR qança bölişi kerak?
Hamma uçun bitta töğri raqam yöq. Google ham yaxşi CTR nima reklama qilayotganingiz va qaysi tarmoqda ekaniga boğliq deydi. Şuning uçun öz CTR’ingizni ötgan oy bilan va bir kampaniyadagi turli reklamalar bilan soliştiring.
Kiçik biznes qaysi metrikalarni kuzatişi kerak?
Boşlaş uçun beşta metrika yetarli: CPC, CPL yoki CR, CPA, ROAS va CAC. Keyin, mijozlar qayta xarid qila boşlaganda, retention va LTV’ni qöşing.
Marketing metrikalarini qaysi dasturda kuzatiş mumkin?
Reklama metrikalari Meta Ads Manager va Google Ads kabinetida körinadi. Sayt uçun Google Analytics 4 yoki Yandex Metrika işlatiladi. Lidlar va sotuvni CRM’da yoki Google Sheets jadvalida yuritiş mumkin.



