SEO nima? Biznes egasi uçun oddiy tuşuntiriş
SEO nima va u saytga mijozni qanday olib keladi? Qidiruv tizimlari, kalit söz tanlaş va birinçi qadamlar — oddiy tilda, misollar bilan.
Dökoningiz bor, sayt ham oçgansiz, lekin Google’da biznesingizni topa olmayabsizmi? Raqobatçingiz esa birinçi sahifada turibdi va mijoz unga qönğiroq qilyapti. Şunda tabiiy savol tuğiladi: Nega mening saytim Googlening birinçi sahifasida yöq? Sababi: sizning veb sahifalaringiz qidiruv tizimlariga optimallaştirilmagan.
Quyida buni murakkab atamalarsiz tuşuntiraman. Avvalo SEO nimaligini va qanday işlaşini körib çiqamiz, keyin birinçi qadamlarni aniqlab olamiz. Postni öqib bölgaç, nimadan boşlaşni aniq bilib olasiz.
SEO nima?
SEO — saytni qidiruv tizimlarida yuqoriroq körsatiş uçun qilinadigan işlar yiğindisi. Bu qisqartma inglizça search engine optimization sözlaridan olingan, özbekçada “qidiruv tizimlari uçun optimallaştiriş” deyiladi. Maqsad oddiy: odam Google yoki Yandex’ga kerakli sözni yozganda, sizning sahifangiz birinçi natijalar orasida çiqişidir.
Google özining SEO böyiça boşlanğiç qöllanmasida buni boşqaça ifodalaydi. Uning fikriça, SEO qidiruv tizimiga kontentni tuşunişda, foydalanuvçiga esa saytga kiriş-kirmaslikka qaror qilişda yordam beradi. Demak, sizning saytingiz ham robotga, ham odamga tuşunarli bölişi kerak.
Qidiruv tizimi sahifani qanday topadi?
Qidiruv tizimi uçta iş qiladi. Avvalo robotlar internetni aylanib, sahifalarni topadi. Keyin topilganini katta bazaga qöşib qöyadi. Internet foydalanuvçi qidiruv tizimlarida sörov yozganda esa şu bazadan eng mos sahifani tanlab, tartib bilan körsatadi.
Google sahifalarni asosan boşqa sahifalardagi havolalar orqali topadi. Şuning uçun vebsayt sahifalaringiz bir-biriga qançalik yaxşi boğlangan bölsa, robotga ularni topiş şunçalik oson böladi.

SEO nima uçun kerak?
Faraz qiling, Toşkentda stomatologiya klinikangiz bor. Odamlar “tiş davolaş narxi” yoki “tiş oğriğida nima qiliş kerak” deb qidiradi. Agar sahifangiz şu sörovlarda çiqsa, mijoz sizni özi topadi.
Pullik reklamadan asosiy farqi aynan şunda. Masalan, Target yoki Google Ads’da byudjet tugasa, mijoz oqimi ham töxtaydi. SEO esa boşqaça işlaydi: yaxşi sahifa tayyorlasangiz, u oylab mijoz keltirişi mumkin. Lekin natija tez kelmaydi, çunki qidiruv tizimi sizga işonişi uçun vaqt kerak.
Mezon | SEO | Pullik reklama |
|---|---|---|
Natija qaçon körinadi | Haftalar va oylar ötgaç | Odatda işga tuşgan zahoti |
Töxtatsangiz | Sahifa qidiruv natijalarida qolişi mumkin | Mijoz oqimi töxtaydi |
Asosiy xarajat | Kontent va mutaxassis vaqti | Har bir bosiş, körsatiş, va boşqa xarakat uçun tölov |
Agar qaysi yöl sizga mosligini bilmoqçi bölsangiz, anʼanaviy va digital marketing farqi haqidagi maqolani öqib çiqing. Marketingning özi sizga yangi bölsa, avvalo marketing nima va nima uçun kerak degan postdan boşlang.
SEO nima beradi va nimani bermaydi?
Köpçilik SEOdan sehrli tugma kutadi. Aslida u faqat mijozni sizning sahifangizga olib keladi. Uni xaridorga aylantiriş esa saytning va taklifingizning işi. Masalan, sahifa birinçi bölib çiqsa-yu, narx tuşunarsiz yoki buyurtma tugmasi topilmasa, odam boşqa saytga ötib ketadi.
Nima beradi: qidiruvdan keladigan mijoz oqimini, vaqt ötgani sari kuçayadigan sahifalarni va reklamaga kamroq boğliq böliş imkonini.
Nimani bermaydi: bir keçada natijani, kafolatlangan örinni va yomon taklifni sotib yuborişni.
SEO nimalardan iborat: texnik, kontent va taşqi yönaliş
Aslida SEO bitta iş emas, bir neçta yönaliş. Ularni tört guruhga böliş mumkin.
Tur | Nimaga qaraydi | Misol |
|---|---|---|
Texnik SEO | Sayt tezligi, telefonda oçilişi, robotlar uçun oçiqligi | Sahifa sekin oçilsa, mijoz kutmasdan çiqib ketadi |
Kontent SEO | Matn, sarlavha, tavsif va rasmlar | “Xona uçun konditsioner tanlaş” böyiça tuşunarli qöllanma |
Taşqi SEO | Boşqa saytlardan keladigan havolalar | Hamkor sayt yoki mahalliy media sizga havola beradi |
Mahalliy SEO | Şahar va xaritadagi qidiruv | Xaritada klinika yoki kafe kartoçkasi çiqişi |
Yangi boşlayotganlarga eng foydali yönaliş - kontent. Hatto Google’ning özi ham foydali va qiziqarli kontent boşqa maslahatlarning köpçiligidan kuçliroq taʼsir qilişini yozadi. Şuning uçun avval odamlarga kerakli va foydali maʼlumotni bering, keyin texnik mayda-çuydaga öting.
Kalit söz nima va uni qanday tanlaş kerak?
Kalit söz — odam qidiruv oynasiga yozadigan söz yoki ibora. Masalan, “konditsioner örnatiş narxi” yoki “IELTS kursi Toşkent”. Mijozingiz qanday qidirişini taxmin qiliş — SEO’ning birinçi qadami.
Tanlaşda eng muhimi odamning niyati. “Konditsioner” deb yozgan kişi şunçaki maʼlumot qidirayotgan bölişi mumkin. “Konditsioner sotib oliş Toşkent” deb yozgan esa xarid qilmoqçi. Sotuv uçun ikkinçi sörov qimmatroq, çunki unda tayyor mijoz turibdi.
Mijozingiz nima deb qidirişini 10–15 ta iborada yozib çiqing.
Şu iboralarni Google’ga kiriting va qidiruv oynasi taklif qiladigan gap davomini köring.
Birinçi sahifadagi raqobatçilar nimani qanday tuşuntirganini örganib çiqing.
Har bir sahifaga bitta asosiy iborani biriktiring.
Özbek tilida qöşimçalar köp, şuning uçun “marketing”, “marketingni” va “marketingning” alohida sözdek tuyuladi. Xavotir olmang: Google sözning turli şakllarini tuşunadi. Har bir variantni sanab yoziş şart emas, tabiiy yozganingiz yetarli.
Özbekistonda SEO’ning öziga xos jihatlari
Bizda qidiruv odatlari biroz murakkabroq. Mijozingiz bir xil narsani lotin yozuvida, kirillda yoki rusça qidirişi mumkin. Masalan, “konditsioner örnatiş”, “кондиционер установка” va “konditsioner ornatiş” aslida bir xil narsani bildiradi.
Şuning uçun asosiy xizmatlaringiz sahifasini ikki tilda tayyorlaş foydali. Ayniqsa mijozlaringiz özbekça va rusça aralaş qidiradigan sohalarda bu iş beradi. Qolaversa, şahar böyiça qidiruvlarda xaritadagi biznes kartoçkangiz ham sizni körsatadi. Şuning uçun uni töldirib qöying: manzil, iş vaqti, telefon va rasmlar.
SEO’ni qayerdan boşlaş kerak?
Katta reja tuzişdan oldin oltita oddiy işni bajaring.
Google Search Console’ni ulang. Şunda sayt Google’ga körinayotganini va qaysi sörovlarda çiqayotganini bilasiz. Yandex Webmaster’ni ham xuddi şunday ulaş mumkin.
Har bir sahifaga alohida sarlavha va qisqa tavsif yozing. Ular qidiruv natijasida körinadi va odam bosiş-bosmasligini hal qiladi.
Tuşunarli matn yozing. Uni abzaslarga va sarlavhalarga böling, rasmlarga qisqa izoh (alt matn) qöşing.
Sahifalarni bir-biriga boğlang. Içki havola robotga ham, foydalanuvçiga ham yöl körsatadi.
Saytni telefonda tekşiring. Tez oçilişi va matn öqilişi qulay bölişi kerak.
Kuting. Google özgarişlar baʼzan bir neça soatda, baʼzan bir neça oyda körinişini aytadi va natijani baholaşdan oldin bir neça hafta kutişni tavsiya qiladi.
SEO natijasini qanday ölçaş mumkin?
Search Console’da uçta raqam eng foydali. Birinçidan, körişlar soni: sahifangiz qidiruv natijasida neça marta çiqqani. Ikkinçidan, bosişlar soni. Uçinçidan, sahifaning örtaça örni.
Ularni oyiga bir marta soliştiriş kifoya, çunki har kuni qaraş faqat asabni buzadi. Ayniqsa bosişlarning özi emas, şu bosişlardan neçta ariza yoki qönğiroq kelgani muhim. Buning uçun saytda Google Analytics kabi tahlil vositasi ham ulangan bölişi kerak.
SEO’ni özingiz qilasizmi yoki mutaxassisga topşirasizmi?
Agar sayt kiçik bölsa va vaqtingiz bor bölsa, yuqoridagi oltita qadamni özingiz bajara olasiz. Lekin sayt katta bölsa, texnik muammolar köp bölsa yoki vaqt yetmasa, mutaxassis yollaş mantiqli.
Yana bir maslahat: agentlik tanlasangiz, bitta narsaga qarang. Ular nimani va nega qilişini aniq tuşuntira oladimi? Rejasi yöq, faqat “birinçi örinni olib beramiz” deydigan jamoadan uzoq turgan maʼqul.
SEO haqida köp uçraydigan xatolar
Bu sohada afsona köp, ayniqsa kursdan yangi çiqqanlar orasida. Eng keng tarqalganlarini körib çiqamiz.
Kalit sözni matnga qistiriş. Bir sözni ön marta takrorlasangiz, matn öqib bölmas böladi. Google buni spamga qarşi qoidalariga zid deb hisoblaydi.
“Meta keywords” yoziş. Google bu tegni umuman hisobga olmaydi, demak vaqt behuda ketadi.
Maqola uzunligini maqsad qiliş. Google’ning aytişiça, ideal söz soni yöq. Muhimi, savolga töliq javob beriş.
“Birinçi örinni kafolatlaymiz” degan vaʼda. Google oçiq yozadi: sayt avtomatik birinçi bölib çiqadigan sir yöq. Şuning uçun bunday kafolat bergan agentlikdan ehtiyot böling.
Yakuniy fikr
Qisqasi, SEO nima degan savolga javob oddiy: bu sizni qidirayotgan odamga yölni osonlaştiriş. Sehr yöq, lekin sabr va tartib bölişi kerak. Foydali sahifa yarating, uni robotga ham tuşunarli qiling va natijani bir neça hafta kuzating.
Savolingiz bölsa yoki saytingizni birga körib çiqmoqçi bölsangiz, Telegram’da yozing.
Köp beriladigan savollar
SEO nima degani?
SEO — saytni Google va Yandex kabi qidiruv tizimlarida yuqoriroq körsatiş uçun qilinadigan işlar yiğindisi. Bunga foydali kontent yoziş, sayt texnik holatini yaxşilaş va sahifalarni bir-biriga boğlaş kiradi. Maqsad — odam kerakli sözni qidirganda sizning sahifangiz topilişi.
SEO natijasi qança vaqtda körinadi?
Google özgarişlar baʼzan bir neça soatda, baʼzan bir neça oyda körinişini aytadi. Natijani baholaşdan oldin kamida bir neça hafta kutiş tavsiya etiladi. Raqobati kuçli sözlar uçun esa köproq vaqt ketişi mumkin.
SEO bepulmi?
Qidiruv natijasidagi örin uçun Google’ga tölanmaydi, lekin SEO mutlaqo bepul emas. Siz kontent yozişga vaqt sarflaysiz yoki mutaxassisga tölaysiz. Pullik reklamadan farqi şundaki, bu xarajat har bir bosiş uçun emas, sahifani tayyorlaş uçun qilinadi.
SEO va pullik reklamaning farqi nima?
Pullik reklama byudjet bor payt işlaydi va töxtatsangiz, mijoz oqimi ham töxtaydi. SEO natijasi sekinroq keladi, lekin yaxşi sahifa oylab odam keltirişi mumkin. Köpinça ikkalasi birga işlatiladi.
SEO’ni özim örgana olamanmi yoki mutaxassis kerakmi?
Kiçik sayt va böş vaqt bölsa, asosiy qadamlarni özingiz bajara olasiz: Search Console’ni ulaş, sarlavha va tavsif yoziş, foydali matn tayyorlaş. Sayt katta bölsa yoki texnik muammolar köp bölsa, mutaxassis yordami mantiqli. Kafolatli birinçi örinni vaʼda qilgan agentlikdan ehtiyot böling.



