GTA 6 qanday qilib butun dunyoni özi haqida gapirtirdi?
Rockstar GTA 6 çiqişidan oldin 32,5 million nusxa sotdi, birinçi kunda esa savdo hajmi 3,79 milliard dollarga yetdi. Bu natijaga marketing orqali qanday erişilganini va bizneslar nimani örganişi mumkinligini tahlil qilamiz.
2026-yil 19-noyabr. GTA 6 rasman sotuvga çiqdi. Ayrim odamlar işdan taʼtil oldi, boşqalar yangi konsol sotib oldi. YouTube, Twitch, TikTok va boşqa ijtimoiy tarmoqlar öyin haqidagi kontentga tölib ketdi.
Eng qiziği, öyin çiqişidan oldin 32,5 million nusxasi sotilgan edi. Birinçi kun yakunida esa savdo hajmi 3,79 milliard dollarga yetdi.
Odamlar hali öynab körmagan mahsulot uçun pul tölaşga tayyor edi.
Rockstar Games bunga qanday erişdi? Nega boşqa öyinlar ham millionlab dollar reklama uçun sarflasa-da, bunday natijaga erişa olmaydi?
Keling, GTA 6 muvaffaqiyatini marketing nuqtayi nazaridan tahlil qilamiz.
GTA 6 muvaffaqiyati raqamlarda
Avval quyidagi raqamga eʼtibor beraylik.
Körsatkiç | Natija |
|---|---|
Birinçi kundagi savdo hajmi | $3,79 milliard |
Sotuvga çiqişidan oldin sotilgan nusxalar | 32,5 million |
Birinçi treylerning 24 soatdagi YouTube körişlari | 90,4 million |
Ikkinçi treylerning birinçi kundagi körişlari | 475 milliondan ortiq |
Netflix'dagi maxsus taqdimot körişlari | 31,1 million |
Jonli efirlardagi eng yuqori bir vaqtdagi tomoşabinlar soni | 7,91 million |
Maʼlumotlar Rockstar Games, Take-Two Interactive, Guinness World Records, Netflix va Streams Çarts manbalaridan olingan. Turli platformalardagi körişlar sonini bevosita bir-biriga soliştirib bölmaydi.
Taqqoslaş uçun, 2013-yilda GTA 5 sotuvga çiqqan dastlabki uç kun içida 1 milliard dollarlik savdo qilgan edi.
GTA 6 esa bu natijadan birinçi kunidayoq bir neça barobar ötib ketdi.
Muhim jihat: 3,79 milliard dollar Rockstar'ning sof foydasi emas. Bu kompaniya eʼlon qilgan çakana savdo hajmi.
Rockstar Games'ning rasmiy savdo natijalari

1. Rockstar marketingni GTA 6 çiqişidan ança oldin boşlagan
GTA 6 marketingi haqida gapirganda, faqat 2023-yilda çiqqan birinçi treylerdan boşlaş notöğri böladi.
Çunki Rockstar yillar davomida GTA brendini rivojlantirib kelgan.
GTA Vice City, GTA San Andreas, GTA 4, GTA 5 — bu öyinlar bir neça avlod uçun bolalik va yoşlik xotiralarining bir qismiga aylangan.
Özbekistonda ham kompyuter klublarida GTA Vice City yoki San Andreas öynab katta bölganlar köp.
Oradan yillar ötdi. Öşa bolalarning aksariyati katta böldi, işlay boşladi va mustaqil daromadga ega böldi. GTA brendiga bölgan qiziqiş esa saqlanib qoldi.
Marketingda bu Brand Equity, yaʼni brendning töplangan qiymati deyiladi.
2026-yil noyabriga kelib, GTA 5 dunyo böylab qariyb 235 million nusxada sotilgan edi.
Rockstar yangi öyinni butunlay notaniş auditoriyaga sotayotgani yöq. Uning oldingi mahsulotlari orqali brendni yaxşi biladigan katta auditoriyasi bor edi.
Bu marketingda juda kuçli ustunlik.
Yangi biznes avval odamlarni öz mahsuloti bilan taniştirişi, keyin işonç uyğotişi va xaridga undaşi kerak. Rockstar esa uşbu jarayonning katta qismini oldingi öyinlari orqali bosib ötgan.
2. GTA Online orqali auditoriyani yöqotmadi
2013-yilda GTA 5 çiqdi. Keyingi asosiy GTA öyini esa 13 yildan keyin sotuvga çiqdi.
Odatda kompaniya 13 yil davomida yangi mahsulot çiqarmasa, uning auditoriyasi boşqa mahsulotlarga ötib ketişi mumkin.
Rockstar bu davrda GTA Online'ni rivojlantirişda davom etdi.
Öyinga yangi avtomobillar, missiyalar, musobaqalar, tadbirlar va boşqa kontentlar qöşib borildi. Odamlar döstlari bilan öynaşda, strim qilişda va öyin haqida kontent tayyorlaşda davom etdi.
Natijada GTA 5 şunçaki bir marta sotib olinadigan öyin bölib qolmadi. U odamlar muntazam qaytib keladigan mahsulotga aylandi.
Bu marketingning retention, yaʼni mijozlarni saqlab qoliş qismidir.
2023-yilda Rockstar FiveM va RedM kabi roleplay hamjamiyatlari ortidagi Cfx.re jamoasini ham öz tarkibiga qöşib oldi.
Rockstar Games — Roleplay Community Update
Bu misol biznes uçun muhim narsani körsatadi: mavjud mijozlar bilan işlaş nafaqat bugungi daromadga, balki kompaniyaning kelajakdagi mahsulotlari muvaffaqiyatiga ham taʼsir qiladi.
3. Rockstar nega uzoq vaqt jim turdi?
Köpçilik kompaniyalar yangi mahsulot çiqarmoqçi bölsa, uni bir neça oy oldin reklama qilişni boşlaydi.
Rockstar boşqaça yöl tutdi.
2022-yil fevralida kompaniya yangi GTA öyini ustida işlayotganini rasman tasdiqladi. Lekin öyinning nomi, qahramonlari yoki çiqiş sanasi haqida batafsil maʼlumot bermadi.
Bu davrda internetda turli savollar paydo böldi:
GTA 6 qaysi şaharda böladi?
Öyin qaçon çiqadi?
Xarita qançalik katta böladi?
Qanday yangi imkoniyatlar qöşiladi?
Rockstar har bir savolga javob berişga şoşilmadi.
Odamlar esa maʼlumotlarni mustaqil izlaşda davom etdi.
Bunday holatni marketing psixologiyasidagi Curiosity Gap, yaʼni qiziqişni yuzaga keltiruvçi maʼlumot yetişmasligi orqali tuşuntiriş mumkin.
Odam biror narsa borligini biladi, lekin u haqidagi barça maʼlumotga ega emas. Şuning uçun javob izlay boşlaydi.
2025-yilda Take-Two rahbari Strauss Zelnick Bloomberg'ga bergan intervyusida marketing materiallarini mahsulot çiqişiga yaqinroq eʼlon qiliş orqali qiziqiş va kutiş hissi örtasida muvozanat saqlaş mumkinligini tuşuntirgan.
Lekin bu strategiyaning muhim şarti bor.
Odamlar mahsulotingizga avvaldan qiziqişi kerak.
Heç kim tanimaydigan yangi biznes ikki yil jim tursa, odamlar uni kutmaydi. Balki butunlay unutib yuboradi.
Rockstar esa auditoriyasini ança oldin şakllantirib bölgan edi.
4. Birinçi treyler qanday qilib internetni egalladi?
2023-yil 4-dekabrda GTA 6ʼning birinçi rasmiy treyleri YouTube'da eʼlon qilindi.

GTA 6 — Trailer 1. Rockstar Games, 2023-yil.
Guinness World Records maʼlumotiga köra, treyler dastlabki 24 soat içida 90,4 million marta körilgan.
YouTube esa öz hisob-kitobida 93 milliondan ortiq körişni qayd etgan.
Lekin bundan ham qiziqroq raqam bor.
YouTube maʼlumotiga köra, treyler çiqqanidan keyin GTA 6 bilan boğliq videolar jami 250 milliondan ortiq köriş olgan.
Bularning barçasi Rockstar tomonidan tayyorlangan videolar emas edi.
YouTube blogerlari treylerga öz munosabatlarini bildirdi. Kimdir har bir kadrni tahlil qildi, boşqalar GTA 5 bilan soliştirdi. Ayrimlar öyin xaritasini taxminan çizişga urindi.
Bitta rasmiy video yuzlab boşqa videolar yaratilişiga sabab böldi.
Bu yerda marketingning qiziqarli tomoni şundaki, Rockstar faqat bitta kontent yaratdi. Auditoriya esa uning atrofida boşqa kontentlarni yaratib, tarqatdi.
YouTube'ning GTA 6 treyleri böyiça rasmiy hisoboti
5. Odamlarning özi GTA 6ʼni reklama qila boşladi
Internetda quyidagi memni körgan bölişingiz mumkin:
We got X before GTA 6.
Yaʼni «GTA 6 çiqişidan oldin mana bu narsa ham sodir böldi».
Odamlar dunyoda qandaydir noodatiy voqea sodir bölsa, uni GTA 6 bilan boğlab hazillaşardi.
Yangi texnologiya yaratildimi? GTA 6ʼdan oldin.
Kutilmagan yangilik yuz berdimi? GTA 6ʼdan oldin.
Bunday hazillar öyinlarga umuman qiziqmaydigan odamlar orasida ham tarqala boşladi.
Memning kelib çiqişi va misollari
Marketingda buni Earned Media orqali tuşuntiriş mumkin. Yaʼni kompaniya haqida boşqa odamlar va ommaviy axborot vositalari öz taşabbusi bilan kontent yaratadi.
Rockstar har bir mem uçun pul tölamagan. Har bir blogerga alohida reklama buyurtma qilmagan.
Odamlar kontentni özlari yaratişdi, çunki mavzu auditoriyaga qiziq edi.
Bloger GTA 6 haqida video tayyorlasa, köproq tomoşabin jalb qilişi mumkin edi. Yangilik sayti GTA 6 haqida maqola yozsa, köproq trafik olişi mumkin edi.
Natijada hamma tomon manfaatdor bölgan tizim şakllandi.
Rockstar kontentdan qöşimça auditoriya oldi. Kontent yaratuvçilar esa Rockstar brendiga bölgan qiziqiş orqali öz auditoriyasini kengaytirdi.
6. Ikkinçi treyler qiziqişni yana kuçaytirdi
Birinçi treylerdan taxminan 17 oy ötib, 2025-yil 6-mayda Rockstar ikkinçi treylerni eʼlon qildi.

GTA 6 — Trailer 2. Rockstar Games, 2025-yil.
Rockstar taqdim etgan maʼlumotlarga köra, ikkinçi treyler birinçi 24 soat içida turli platformalarda 475 milliondan ortiq köriş olgan.
Bu safar kompaniya öyinning asosiy qahramonlari Jason va Lucia, ularning hikoyasi va yangi öyin dunyosi haqida köproq maʼlumot berdi.
Rockstar birinçi treylerdayoq barça maʼlumotlarni oçib bermagan edi. Ikkinçi treylerda auditoriya uçun yana yangi narsalar bor edi.
Marketing nuqtayi nazaridan, bu kontentni bosqiçma-bosqiç eʼlon qilişning yaxşi namunasi.
Har bir yangi material avvalgi qiziqişni yangilab turdi.

7. Rockstar öz mahsulotini faqat geymerlarga sotmadi
GTA 6 marketingi YouTube treylerlari va öyinlarga ixtisoslaşgan saytlardan taşqariga ham çiqdi.
Buning eng yaxşi misollaridan biri — Netflix bilan hamkorlik.
2026-yil 27-avgustda Rockstar GTA 6 haqida 27 daqiqalik maxsus video taqdimotini dastlab Netflix orqali namoyiş qildi.

Grand Theft Auto VI: An Extended Look — 27 daqiqalik rasmiy taqdimot.
Netflix'ning rasmiy maʼlumotiga köra, video dastlabki tört kun içida 31,1 million köriş olgan. Kuzatilgan 93 mamlakatning 87 tasida birinçi öringa çiqqan.
Netflix Global Top 10 hisoboti
Reuters esa Sensor Tower maʼlumotlariga tayanib, uşbu taqdimotdan keyin GTA 6ʼning oldindan buyurtmalari olti barobar oşganini xabar qilgan.
Albatta, öşa davrda boşqa marketing işlari ham olib borilgan. Şuning uçun barça ösişni faqat Netflix bilan boğlaş töğri emas.
Lekin hamkorlikning özi juda qiziqarli.
Agar Rockstar faqat öyinlarga ixtisoslaşgan platformalardan foydalanganida, asosan mavjud geymerlarga yetib borgan bölardi.
Netflix orqali esa öyin öynamaydigan, lekin kino va seriallarga qiziqadigan auditoriyaning ham eʼtiborini jalb qiliş imkoniyatiga ega böldi.
Marketingda hamkorlik orqali yangi auditoriyaga çiqiş juda samarali yondaşuv bölişi mumkin.
8. Musiqa, basketbol va real hayotdagi tadbirlar
Rockstar GTA 6 marketingida faqat öyinning özini tarğib qiliş bilan çeklanmadi.
Musiqa orqali marketing
Birinçi treylerda Tom Petty'ning 1989-yilda çiqqan Love Is a Long Road qöşiğidan foydalanilgan.
Universal Music Publishing Group maʼlumotiga köra, treyler çiqqanidan keyin uşbu qöşiqning Spotify'dagi tinglanişlari avvalgi haftaga nisbatan 36 979 foizga oşgan.
Universal Music — rasmiy maʼlumot
GTA 6 çiqişi bilan Atlantic Records hamkorligida öyinning rasmiy musiqiy albomi ham taqdim etildi.
Bu Rockstar brendini öyin sanoatidan taşqarida ham tarğib qilişga yordam berdi.
NBA bilan hamkorlik
GTA 6 voqealari Mayami şahridan ilhomlangan Vice City'da sodir böladi.
Rockstar NBA bilan hamkorlikda Miami Heat basketbol jamoasi iştirokida Vice City mavzusidagi maxsus öyin taşkillaştirdi.
Bu orqali virtual şahar real hayotdagi sport tadbiri bilan boğlandi.
GTA VI: The Festival
2026-yil 21-noyabrda Mayami şahrida PlayStation bilan hamkorlikda GTA VI'ga bağişlangan musiqa festivali rejalaştirildi.
Unda öyin musiqalari bilan boğliq taniqli ijroçilar iştirok etişi közda tutilgan.
Uşbu hamkorliklarning barçasi bir maqsadga xizmat qiladi: GTA 6ʼni faqat videoöyin emas, kengroq köngiloçar madaniyatning bir qismiga aylantiriş.
9. Nega odamlar öyin çiqmasidan oldin pul tölaşdi?
2026-yil 25-iyunda GTA 6 uçun oldindan buyurtmalar boşlandi.
Öyin ikki asosiy naşrda taklif qilindi:
Naşr | Narxi |
|---|---|
Standard Edition | $79,99 |
Ultimate Edition | $99,99 |
Oldindan buyurtma bergan xaridorlar uçun Vintage Vice City Pack va raqamli xaridlarda bir oylik GTA+ kabi qöşimça imtiyozlar ham taklif qilindi.
Rockstar xaridorlarga narxni tuşiriş orqali emas, qöşimça qiymat beriş orqali ertaroq xarid qiliş uçun sabab yaratdi.
Bundan taşqari, öyinni oldindan yuklab oliş imkoniyati joriy etildi. Xaridorlar öyin işga tuşgan zahoti öynaşni boşlaşi mumkin edi.
PlayStation 2026-yil 10-noyabrda GTA 6 PlayStation Store tarixidagi eng köp oldindan buyurtma qilingan öyin bölganini eʼlon qildi.
PlayStation'ning rasmiy eʼloni
Ammo odamlar nega 80 yoki 100 dollar tölab, hali öynab körmagan mahsulotni sotib olişga tayyor edi?
Buni bir neçta psixologik omil bilan tuşuntiriş mumkin.
Nostalgiya
GTA köpçilik uçun şunçaki öyin emas. U bolalik xotiralari, döstlar bilan ötkazilgan vaqt va avvalgi tajribalar bilan boğliq.
Brendga işonç
Odamlar Rockstar'ning avvalgi öyinlarini biladi. Şu tajriba ularning yangi mahsulotdan ham yuqori sifat kutişiga sabab böladi.
FOMO
FOMO — Fear of Missing Out, yaʼni biror muhim voqeadan çetda qolişdan xavotirlaniş.
Döstlaringiz GTA 6 öynayotgan, blogerlar jonli efir qilayotgan va ijtimoiy tarmoqlarda hamma öyinni muhokama qilayotgan bölsa, sizda ham qiziqiş paydo bölişi mumkin.
Social Proof
Odamlar boşqalarning tanloviga qarab ham qaror qabul qiladi.
Millionlab xaridorlar, ijobiy şarhlar va katta auditoriya yangi mijoz uçun mahsulotning qadrli ekanini bildiruvçi signallar bölişi mumkin.
Bu omillar har bir xaridorning qaroriga bir xil taʼsir qilgan deb ayta olmaymiz. Lekin GTA 6 atrofidagi isteʼmolçi xatti-harakatlarini tuşunişga yordam beradi.
10. GTA 6 tarqalişida blogerlarning roli
Öyin sotuvga çiqqanidan keyin uning marketingi töxtamadi.
Aksinça, millionlab odamlar öyinning özidan kontent tayyorlaşni boşladi.
Streams Çarts maʼlumotiga köra, GTA 6 bilan boğliq jonli efirlarda bir vaqtning özida 7,91 million tomoşabin qayd etilgan.
Dastlabki ikki kun içida jonli efirlarning umumiy tomoşa vaqti 214 million soatdan oşgan.
Streams Çarts — GTA 6 jonli efirlari statistikasi
YouTube ham Rockstar bilan hamkorlikda 24 soatlik global jonli efir va kontent yaratuvçilar uçun maxsus interaktiv imkoniyatlarni taqdim etdi.
YouTube va Rockstar Games hamkorligi
Öyin öynayotgan bloger öz auditoriyasiga mahsulotni tabiiy ravişda namoyiş qiladi.
Tomoşabin öyinning grafikasini, hikoyasini va imkoniyatlarini bevosita körib turadi. Ayrim tomoşabinlarda şundan keyin öyinni sotib oliş istagi paydo bölişi mumkin.
Bunday kontent oddiy reklama banneridan farq qiladi. Odamlar mahsulotning real işlaşini köradi.
11. Rockstar ataylab GTA 6 videolarini tarqatib yuborganmi?
Internetda Rockstar öyin atrofidagi qiziqişni oşiriş uçun maʼlumotlarni ataylab tarqatgan degan fikrlar ham uçraydi.
Lekin buni tasdiqlaydigan işonçli dalil yöq.
2022-yil sentabrida Rockstar tizimlariga ruxsatsiz kiriş orqali yangi öyinning işlab çiqiş jarayonidagi videolari qölga kiritilgan edi.
Take-Two buni AQŞ Qimmatli qoğozlar va birjalar komissiyasiga taqdim etgan rasmiy moliyaviy hisobotida tasdiqlagan.
2023-yilda birinçi treyler ham rejalaştirilgan vaqtdan oldin internetga tarqalib ketdi. Rockstar şundan keyin treylerni rasman eʼlon qildi.
Albatta, bu voqealardan keyin öyin haqida köproq gapirila boşladi. Ammo har qanday şov-şuvni kompaniya tomonidan oldindan rejalaştirilgan marketing strategiyasi deb qabul qiliş notöğri.
12. GTA 6 marketingiga qança pul sarflangan?
GTA 6ʼning işlab çiqiş va marketing xarajatlari haqida internetda turli raqamlarni uçratiş mumkin.
Masalan, öyinga jami 2 milliard dollar sarflangani haqidagi maʼlumotlar keng tarqalgan.
Reuters öyinning işlab çiqariş xarajatlarini 1 milliard dollar yoki undan köproq deb baholagan.
Lekin Rockstar GTA 6 marketingi uçun alohida qança mablağ sarflagani oçiq manbalarda aniq körsatilmagan.
Şuning uçun «Rockstar reklama uçun bir tiyin ham sarflamagan» yoki «GTA 6 marketingiga 2 milliard dollar sarflangan» kabi fikrlarni tasdiqlangan fakt sifatida aytiş notöğri.
Kompaniya faol reklama kampaniyalari, hamkorliklar, tadbirlar va boşqa marketing işlarini amalga oşirgan.
Muhim jihat — Rockstar uşbu işlarni allaqaçon şakllangan katta talab bilan birlaştira olgan.
13. GTA 6 marketing strategiyasidan bizneslar nimani örganişi mumkin?
Albatta, kiçik biznes Rockstar Games'ning barça işlarini takrorlay olmaydi.
Lekin ayrim tamoyillarni boşqa sohalarda ham qöllaş mumkin.

Mahsulot çiqişidan oldin auditoriya yiğing
Tasavvur qiling, olti oydan keyin yangi mobil ilova çiqarmoqçisiz.
Ilova tayyor bölişini kutib, şundan keyin marketingni boşlaş şart emas.
Potensial mijozlar bilan suhbatlaşiş, foydali kontent yaratiş, mahsulot qanday muammoni hal qilişini tuşuntiriş va kutiş röyxatini şakllantiriş mumkin.
Mahsulot işga tuşganida unga qiziqadigan auditoriyangiz böladi.
Mavjud mijozlarni unutmang
Köpçilik bizneslar faqat yangi mijoz jalb qiliş haqida öylaydi.
Lekin mahsulotingizni avvaldan biladigan mijoz sizning yangi taklifingizga tezroq qiziqişi mumkin.
Masalan, onlayn dökon yangi savdo yönalişini işga tuşirmoqçi bölsa, avval mavjud mijozlariga mos taklif yaratişi mumkin.
Rockstar GTA Online orqali aynan şu auditoriya bilan aloqani uzoq vaqt saqlab qoldi.
Odamlar tarqatişni xohlaydigan kontent yarating
«Bizning mahsulotimizni sotib oling» degan reklama matnini odamlar boşqalarga yuborişga unçalik qiziqmaydi.
Lekin foydali tadqiqot, qiziqarli tajriba, noodatiy video yoki haqiqatan yangi yeçim haqida kontent boşqaça natija berişi mumkin.
Kontent tayyorlaşda özingizga savol bering: odam nega bu videoni döstiga yuborişi kerak?
Hamkorlik orqali yangi auditoriyaga çiqing
Hamkorlik faqat Netflix yoki NBA kabi yirik kompaniyalar bilan bölişi şart emas.
Masalan, Toşkentdagi qahvaxona kitob dökoni bilan birgalikda tadbir taşkil qilişi mumkin.
Ingliz tili öquv markazi xorijda taʼlim oliş böyiça maslahat beradigan kompaniya bilan hamkorlik qilişi mumkin.
Asosiysi, ikkala biznesning auditoriyasi va manfaatlari bir-biriga mos kelişi.
Çegirmadan taşqari qiymat yarating
Rockstar odamlarga öyinni ertaroq sotib oliş uçun qöşimça kontent va imtiyozlar taklif qildi.
Bizneslar ham xaridlarni faqat narxni tuşiriş orqali rağbatlantirişi şart emas.
Bepul yetkazib beriş, qöşimça xizmat, bonus mahsulot yoki mijoz uçun haqiqatan foydali imkoniyat taklif qiliş mumkin.
Marketing mahsulotning örnini bosmaydi
GTA 6ʼning marketingi qançalik kuçli bölmasin, öyin odamlarning kutgan natijasini bermasa, bu uzoq muddatda Rockstar brendiga zarar yetkazişi mumkin.
Har qanday biznesda şunday.
Reklama mijozni olib kelişi mumkin. Lekin mijozning qayta kelişi mahsulot sifatiga, xizmatga va umumiy tajribaga boğliq.
Bu haqda marketing özi nima va biznesga nima uçun kerak maqolasida ham yozganman.
Xulosa
GTA 6 muvaffaqiyatini faqat kuçli reklama yoki omad bilan tuşuntirib bölmaydi.
Rockstar Games yillar davomida öz brendini rivojlantirdi, mavjud auditoriyasi bilan işladi, yangi mahsulotga bölgan qiziqişni saqlab qo
Köp beriladigan savollar
GTA 6 birinçi kunda qança savdo qildi?
Kompaniya eʼlon qilgan maʼlumotga köra, birinçi kun yakunida savdo hajmi 3,79 milliard dollarga yetgan. Bu Rockstar’ning sof foydasi emas, çakana savdo hajmi.
GTA 6 uçun oldindan buyurtmalar qaçon boşlandi va narxi qança?
Oldindan buyurtmalar 2026-yil 25-iyunda boşlandi. Standard Edition 79,99 dollar, Ultimate Edition 99,99 dollar turdi. Oldindan buyurtma bergan xaridorlarga qöşimça imtiyozlar ham taklif qilindi.
Rockstar GTA 6 marketingiga qança pul sarflagan?
Marketing uçun alohida qança mablağ sarflangani oçiq manbalarda aniq körsatilmagan. Reuters öyinning işlab çiqariş xarajatlarini 1 milliard dollar yoki undan köproq deb baholagan. Şuning uçun marketingga 2 milliard dollar sarflangan degan fikrni tasdiqlangan fakt deb bölmaydi.
GTA 6 birinçi treyleri qança marta körilgan?
Guinness World Records maʼlumotiga köra, birinçi treyler dastlabki 24 soatda 90,4 million marta körilgan. YouTube hisobotiga köra, treylerdan keyin GTA 6 bilan boğliq videolar jami 250 milliondan ortiq köriş olgan. Bu videolarning hammasini Rockstar tayyorlamagan.
Kiçik biznes GTA 6 marketing strategiyasidan nimani örganişi mumkin?
Mahsulot çiqişidan oldin auditoriya yiğiş, mavjud mijozlar bilan işlaş, odamlar tarqatişni xohlaydigan kontent yaratiş, hamkorlik orqali yangi auditoriyaga çiqiş va çegirmadan taşqari qiymat taklif qiliş. Lekin marketing mahsulot sifatining örnini bosmaydi.



