Marketing özi nima va biznesga nima uçun kerak?
Marketing haqida gap ketganda köpçilikning xayoliga darhol reklama keladi: Instagramdagi post, Google’dagi eʼlon, banner, çegirma yoki blogger bilan hamkorlik. Aslida esa reklama marketingning faqat bir qismi.
Marketing ança keng tuşunça. U bozorda nimani taklif qiliş, kimga taklif qiliş, qanday narx belgilaş, mahsulotni qayerda sotiş, mijozga qanday yetib boriş va nima sababdan aynan sizni tanlaşi kerakligini tuşunişga yordam beradi.
Şuning uçun marketing nima degan savolga faqat “reklama qiliş” deb javob beriş notöğri.
Marketingning asosiy vazifasi — biznes taklif qilayotgan qiymatni mijoz uçun tuşunarli qiliş va uni töğri auditoriyaga yetkaziş. American Marketing Association marketingni qiymat yaratiş, uni kommunikatsiya qiliş, yetkazib beriş va almaşiş bilan boğliq jarayonlar deb taʼriflaydi. American Marketing Association’ning marketing taʼrifi ham aynan şu keng yondaşuvni körsatadi.
Marketing nima?
Oddiy tilda aytsak, marketing — odamlar nimaga muhtojligini tuşuniş va biznes taklifini şu ehtiyoj bilan boğlaş jarayoni.
Bu taʼrifda bir neçta muhim jihat bor.
Masalan, siz kofe sotadigan kiçik biznes oçdingiz. Sizda yaxşi kofe, çiroyli joy va tajribali barista bor. Lekin yaqin atrofdagi odamlar sizning kafeyingiz borligini bilmaydi. Yoki biladi, lekin narxingizni qimmat deb hisoblaydi. Yoki sizning asosiy mijozlaringiz ertalab işlaydigan odamlar bölsa-da, reklamangizni keçasi körsatib qöyyapsiz.
Bu holatlarda muammo faqat reklamada emas.
Mahsulot, narx, joylaşuv, auditoriya, taklif va kommunikatsiya bir-biriga mos tuşişi kerak.
Marketing aynan şu savollarga javob izlaydi:
- Mening mijozim kim?
- U nimani xohlaydi?
- Uning qanday muammosi bor?
- Men bu muammoni qanday hal qila olaman?
- Nega u boşqa kompaniyani emas, meni tanlaşi kerak?
- Mahsulotim narxi qança bölişi kerak?
- Mijoz meni qayerdan topadi?
- U xarid qiliş uçun qanday yölni bosib ötadi?
- Xariddan keyin uni qanday qilib yana qaytariş mumkin?
Şu sababli marketingni faqat reklama bilan tenglaştiriş notöğri.
Reklama odatda odamga xabarni yetkazadi. Marketing esa undan oldinroq boşlanadi.
Marketing va reklama bir xilmi?
Yöq.
Reklama — marketing vositalaridan biri.
Buni oddiy misol bilan tuşuniş mumkin. Tasavvur qiling, yangi sport oyoq kiyimi çiqardingiz. Instagram’da unga reklama berdingiz. Reklama juda köp odamga körsatildi, lekin sotuv bölmadi.
Nima sabab?
Balki auditoriya notöğri tanlangandir. Balki mahsulotning narxi bozordagi muqobillarga nisbatan yuqoriroqdir. Balki reklamada mahsulotning asosiy foydasi tuşuntirilmagandir. Balki sayt yoki savdo jarayoni noqulaydir. Balki xaridor aynan şu mahsulotga hozir ehtiyoj sezmayotgandir.
Demak, “reklama işlamadi” degan xulosa juda erta bölişi mumkin.
Marketing nima uçun kerak?
Biznes uçun marketingning qiymati “köproq reklama qiliş” bilan çeklanmaydi. Marketing qarorlarni mijoz, bozor va biznes maqsadlari bilan boğlaşga yordam beradi.
1. Mijozni yaxşiroq tuşuniş uçun
Yaxşi mahsulot yaratişning özi yetarli emas. Muhim savol — kim bu mahsulotni sotib oladi va nima sababdan?
Masalan, siz onlayn kurs sotasiz. “Hamma uçun foydali kurs” degan pozitsiya juda umumiy.
Agar kurs:
“Raqamli marketingni noldan örganib, dastlabki portfolio yaratmoqçi bölgan boşlovçilar uçun”
deb aniq auditoriyaga yönaltirilsa, kommunikatsiyani quriş osonlaşadi.
Mijozning yoşi, daromadi yoki yaşaş joyi kabi oddiy segmentlar bilan bir qatorda uning ehtiyoji, muammosi, xarid motivatsiyasi va qaror qabul qiliş jarayoni ham muhim.
Marketing tadqiqoti aynan şu maʼlumotlarni yiğiş va ulardan qarorlar uçun foydalanişga xizmat qiladi. American Marketing Association marketing tadqiqotini isteʼmolçi, mijoz va jamoatçilikni marketolog bilan maʼlumot orqali boğlaydigan funksiya sifatida izohlaydi.
2. Mahsulotni bozorda töğri joylaştiriş uçun
Bozorda yaxşi mahsulotlar köp. Şuning uçun “mening mahsulotim sifatli” degan gapning özi köpinça yetarli emas.
Mijoz uçun boşqa savol muhim:
“Bu mahsulot menga nima beradi?”
Masalan, ikki xil kir yuviş vositasi bir xil vazifani bajarişi mumkin. Biri “tejamkor tanlov” sifatida körinadi, boşqasi esa “premium parvariş” sifatida pozitsiyalanadi.
Mahsulotning özi özgarmasligi mumkin, lekin uning bozordagi örni boşqaça böladi.
Marketingning vazifalaridan biri — mahsulotning kim uçun va qanday qiymat yaratişini aniq körsatiş.
3. Töğri narx belgilaş uçun
Narx şunçaki kalkulyatorda hisoblanadigan raqam emas.
Narx xaridorning mahsulot haqidagi tasavvuriga ham taʼsir qilişi mumkin. Juda past narx ayrim segmentlarda “sifati ham past bölsa kerak” degan fikr uyğotişi mumkin. Juda yuqori narx esa mahsulotning qiymati yetarliça tuşuntirilmasa, xaridni qiyinlaştiradi.
Narxni belgilaşda xarajatlar, raqobatçilar, mijozning tölov qobiliyati, mahsulotning qiymati va biznesning moliyaviy maqsadlari kabi omillar hisobga olinadi.
American Marketing Association’ning marketingning 4P modeli haqidagi materialida mahsulot, narx, joy va promotion marketing miksining asosiy elementlari sifatida körsatiladi.
Marketing qanday işlaydi?
Marketingni bitta reklama kampaniyasi sifatida emas, özaro boğlangan jarayon sifatida köriş töğriroq.
Oddiy model quyidagiça körinadi:
Bozorni tahlil qiloş va tuşuniş → auditoriyani aniqlaş → taklif yaratiş → pozitsiyalaş → kommunikatsiya → xarid → natijani ölçaş → yaxşilaş
Jarayon odatda şu bilan tugamaydi. Xaridor bir marta sotib olgaç, keyingi bosqiç boşlanadi: uni qayta xaridga olib keliş, xizmat sifatini yaxşilaş va brend bilan bölgan munosabatini yaxşilaş va mustahkamlaş.
Marketingning asosiy qismlari
| Yönaliş | Asosiy savol | Misol |
|---|---|---|
| Tadqiqot | Bozor va mijoz nimani xohlaydi? | Sörovnoma, intervyu, raqobatçilar tahlili |
| Mahsulot | Mijozga nima taklif qilamiz? | Mahsulot, xizmat yoki paket |
| Narx | Qança turadi? | Premium, örta yoki tejamkor segment |
| Joy / tarqatiş | Mijoz mahsulotni qayerdan oladi? | Dökon, sayt, ilova, marketplace |
| Tarğibot | Mijozga qanday yetib boramiz? | Reklama, SEO, kontent, PR |
| Tahlil | Natija qanday böldi? | Sotuv, lead, CPA, ROAS, retention |
Bu qismlar alohida işlamaydi.
Masalan, zör reklama yaratib, keyin mijozni sekin işlaydigan saytga olib keliş mumkin. Yoki juda yaxşi mahsulotni notöğri auditoriyaga tarğib qiliş mumkin.
Şuning uçun marketingda faqat “reklama yaxşi işlayaptimi?” degan savol emas, “butun tizim işlayaptimi?” degan savol muhim.
Marketingning qanday turlari mavjud?
Marketing kanallari vaqt ötgan sari özgarib boradi. Ilgari televideniye, radio, gazeta va taşqi reklama katta rol öynagan bölsa, hozir raqamli kanallar köplab bizneslar uçun asosiy vositalardan biriga aylangan.
Lekin “eski” yoki “yangi” kanal degan ajratişdan köra, auditoriyaga qaysi kanal orqali yetib boriş mumkinligi muhimroq.
Raqamli marketing
Raqamli marketing internet va raqamli platformalardan foydalanadigan marketing faoliyatlarini öz içiga oladi.
Unga quyidagilar kirişi mumkin:
- SEO
- Google Ads
- ijtimoiy tarmoqlardagi reklama
- kontent marketing
- email marketing
- influencer marketing
- display reklama
- video marketing
- mobil ilova marketingi
- remarketing
Masalan, odam Google’da “Toşkentda ingliz tili kursi” deb qidirayotgan bölsa, u allaqaçon maʼlum darajada ehtiyoj bildirgan böladi. Search marketing bunday mavjud talab bilan işlaşga yordam beradi. Google Ads’ning rasmiy qöllanmasida ham platforma yangi mijozlarga onlayn yetib boriş va reklama byudjetini boşqariş imkoniyatlarini beradi deb tuşuntiriladi: Google Ads haqida rasmiy maʼlumot.
Kontent marketing
Kontent marketingda brend faqat “bizning mahsulotimizni sotib oling” demaydi. U foydali maʼlumot, tuşuntiriş, qöllanma, video yoki boşqa mazmun orqali auditoriya bilan aloqa quradi.
Masalan, konditsioner sotadigan kompaniya:
“Eng yaxşi konditsioner bizda!”
deyiş bilan çeklanmasdan:
“20 kvadrat metr xona uçun konditsioner tanlaşda nimalarga eʼtibor beriş kerak?”
kabi mavzuda foydali material yaratişi mumkin.
Bunday kontent xaridga hali tayyor bölmagan odamga ham foyda beradi.
SEO
SEO — qidiruv tizimlarida organik körinişni yaxşilaşga qaratilgan işlar majmuasi.
Bu faqat kalit sözlarni matnga qöşiş emas. Saytning texnik holati, kontent sifati, sahifaning qidiruv niyatiga mosligi, içki tuzilma va boşqa omillar ham ahamiyatga ega.
Masalan, “marketing nima?” deb qidirayotgan foydalanuvçi akademik taʼrifdan taşqari oddiy tuşuntiriş, misollar, marketingning vazifalari va reklama bilan farqini ham izlayotgan bölişi mumkin.
Demak, SEO’da savolning özini emas, savol ortidagi ehtiyojni tuşuniş kerak.
Marketing va savdo örtasidagi farq nima?
Marketing va savdo bir-biriga juda yaqin, lekin bir xil narsa emas.
Soddalaştirib aytganda, marketing köproq:
“Kimga, nimani va nima uçun taklif qilamiz?”
degan savollarga javob izlaydi.
Savdo esa:
“Bu mijozni qanday qilib real xaridga olib kelamiz?”
degan bosqiçga yaqin.
Masalan, yangi restoran oçildi.
Marketing quyidagilar bilan şuğullanişi mumkin:
- Qanday mijozlarni jalb qiliş kerakligini aniqlaş.
- Menyuni qaysi segmentga moslaştirişni öylaş.
- Restoran qanday pozitsiyalanişini belgilaş.
- Brend uslubini yaratiş.
- Reklama va kontent strategiyasini işlab çiqiş.
- Mijoz restoran haqida qayerdan bilişini rejalaştiriş.
Savdo esa telefon orqali buyurtma oliş, stol band qiliş yoki restorandagi xizmat jarayonini boşqariş kabi töğridan-töğri xarid bilan boğliq faoliyatlarda namoyon böladi.
Ammo çegaralar har doim ham keskin emas. Ayniqsa, kiçik biznesda bitta odam marketing, savdo va mijozlar bilan işlaşning bir neçta vazifasini bir vaqtning özida bajarişi mumkin.
Marketing biznesga qanday foyda beradi?
Marketingning natijasini faqat “körişlar soni” bilan baholaş notöğri bölişi mumkin.
Biznesga qarab maqsadlar turliça böladi.
Masalan:
| Biznes maqsadi | Marketing vazifasi | Kuzatilişi mumkin bölgan körsatkiç |
|---|---|---|
| Yangi mijoz topiş | Auditoriyaga çiqiş | Lead, yangi mijoz |
| Sotuvni oşiriş | Xaridga olib keliş | Foyda, buyurtmalar soni |
| Brendni tanitiş | Xabardorlikni oşiriş | Ohvat, Brend haqida qidirişlar soni |
| Qayta xaridni köpaytiriş | Mijozni uşlab qoliş | Qayta xaridlar soni |
| Yangi mahsulotni çiqariş | Bozorga tuşuntiriş | Mahlusotni taniş va foydalaniş darajasi |
Raqamli marketingning muhim afzalliklaridan biri — köplab jarayonlarni ölçaş imkoniyati.
Masalan, reklama 100 000 marta körildi. Bu maʼlumotning özi yetarli emas.
Keyingi savollar:
Neçta odam bosdi? Neçta odam forma töldirdi? Neçta odam xarid qildi? Bitta mijozni jalb qiliş qançaga tuşdi? Xaridor keyin yana qaytdimi?
Şunda marketingni biznes natijasi bilan boğlaş mumkin böladi.
Lekin har bir marketing faoliyatining natijasini bir xil muddatda ölçab bölmaydi. Masalan, qisqa muddatli reklama kampaniyasida sotuv tezroq körinişi mumkin, brend qurilişi esa uzoqroq davrni talab qilişi mumkin.
Marketingda eng köp uçraydigan xatolar
Marketing qilişning özi natija kafolati emas. Notöğri strategiya bilan katta byudjet ham samarasiz sarflanişi mumkin.
Faqat reklama haqida öylaş
Köp bizneslarda birinçi savol şunday böladi:
“Rekalamaga qança pul tikamiz?”
Undan oldin boşqa savollar berilişi kerak:
“Kimga reklama qilamiz?”
“Nimani taklif qilamiz?”
“Nega aynan şu taklif qiziq bölişi kerak?”
“Mijoz reklamani körgaç nima qiladi?”
Strategiya yöq joyda reklama şunçaki trafik yaratib berişi mumkin.
Hamma uçun mahsulot yaratişga uriniş
“Hamma mening mijozim” degan yondaşuv köpinça kommunikatsiyani haddan taşqari umumiy qilib yuboradi.
Masalan, “sifatli xizmat va qulay narx” deyarli har qanday biznes aytişi mumkin.
Aniq auditoriya uçun aniq muammoni yeçadigan taklif esa ança tuşunarli böladi.
Faqat raqobatçini köçiriş
Raqobatçida yaxşi işlagan narsa sizda ham yaxşi işlaydi degani emas.
Uning auditoriyasi, narxi, mahsuloti, brend pozitsiyasi, jamoasi va biznes modeli boşqaça bölişi mumkin.
Raqobatçilarni örganiş kerak, lekin strategiyani köçirib oliş notöğri.
Natijani notöğri metrikada ölçaş
10 mingta layk biznes uçun 10 mingta xarid degani emas.
Marketing körsatkiçi biznes maqsadiga boğlanişi kerak.
Masalan, maqsad sotuv bölsa, faqat ohvat(reach) yoki körişlar soni (impressions) bilan çeklanib qoliş yetarli emas. Maqsad brend xabardorligini oşiriş bölsa, faqat töğridan-töğri sotuvni kutiş ham notöğri bölişi mumkin.
Yolğon yoki çalğituvçi vaʼdalar beriş
Marketingda işonç juda muhim.
Reklamadagi daʼvolar haqiqatga mos bölişi, çalğitmasligi va kerak bölganda dalillar bilan asoslanişi kerak. Masalan, AQŞ Federal Trade Commission bizneslar uçun reklama böyiça qöllanmasida reklama daʼvolari rost, çalğitmaydigan va asoslangan bölişi kerakligini qayd etadi. FTC’ning Advertising and Marketing Basics qöllanmasi bu masala böyiça amaliy tuşuntiriş beradi.
Bu prinsip faqat bir mamlakat uçun emas, marketingga professional yondaşuv nuqtai nazaridan ham muhim: qisqa muddatli sotuv uçun notöğri vaʼda beriş uzoq muddatda brendga zarar yetkazişi mumkin.
Marketingni nimadan boşlaş kerak?
Marketingni boşlaş uçun darhol katta reklama byudjeti ajratiş şart emas.
Boşlanğiç yondaşuv sifatida quyidagi ketma-ketlik foydali:
1. Mahsulotni tuşuning
Siz aslida nimani sotasiz?
Bu oddiy savoldek körinsa ham, javobi faqat mahsulot nomidan iborat bölmasligi kerak.
Siz şunçaki “fitness abonementi” sotayotgan bölişingiz mumkin. Lekin mijoz aslida vaqtni tejaş, soğlomroq böliş yoki maʼlum bir natijaga erişiş imkoniyatini sotib olayotgan bölişi mumkin.
2. Mijozni aniqlang
Ideal mijozning:
- ehtiyoji
- muammosi
- xarid motivatsiyasi
- qörquvi
- byudjeti
- qaror qabul qiliş jarayoni
haqida imkon qadar köproq maʼlumot töplang.
Bu maʼlumot faqat taxminlardan emas, real mijozlar bilan suhbat, savdo bölimi maʼlumotlari, sörovnomalar, sayt analitikasi va boşqa manbalardan olinişi mumkin.
3. Taklifni aniq qiling
Mijoz sizdan nima olişini bir neça soniyada tuşuna olişi kerak.
“Yuqori sifatli xizmat” juda umumiy.
“Biz kiçik biznes uçun bir oy içida sotuv voronkasini işlab çiqamiz” kabi taklif esa ança konkret.
4. Kanalni tanlang
Auditoriya qayerda?
Qaysi kanal unga mos?
SEOmi? Instagrammi? Telegrammi? Google Adsmi? Emailmi? Offline reklama yoki hamkorlikmi?
Har bir kanalni işlatiş şart emas.
5. Natijani ölçang
Kampaniya tugagaç “reklama yaxşi çiqdi” deyiş bilan iş bitmaydi.
Natijani biznes maqsadiga qarab tahlil qiling.
Qaysi auditoriya yaxşiroq işladi? Qaysi taklif köproq qiziqiş uyğotdi? Voronkaning qaysi bosqiçda foylananuvçilar/potensial mijozlar tuşib qoldi? Qaysi kanal xaridga yaqinroq mijozlarni olib keldi?
Şu savollar keyingi kampaniyani yaxşilaşga yordam beradi.
Oddiy marketing checklist
- Mijozim kimligini aniq bilaman.
- Mijozning asosiy muammosini tuşunaman.
- Mahsulotimning asosiy qiymati aniq.
- Raqobatçilarimni bilaman.
- Taklifimni bir-ikki jumlada tuşuntira olaman.
- Mijoz meni qayerdan topişini bilaman.
- Xarid jarayoni imkon qadar sodda.
- Marketing maqsadim biznes maqsadi bilan boğlangan.
- Natijani ölçaş uçun kerakli maʼlumotlar mavjud.
Tez-tez söraladigan savollar
Marketing nima?
Marketing — mijoz ehtiyojini tuşuniş, biznes taklifini şakllantiriş, uni töğri auditoriyaga yetkaziş va qiymat yaratiş bilan boğliq jarayonlar birlaşmasi. U reklama, savdo yoki ijtimoiy tarmoqlardan köra ança kengroq tuşunçadir.
Marketing va reklama örtasidagi farq nima?
Reklama marketingning bir qismi. Marketing esa mahsulot, narx, tarqatiş, kommunikatsiya, auditoriya va mijoz tajribasi kabi bir neçta yönalişlarni qamrab oladi.
Kiçik biznesga ham marketing kerakmi?
Ha. Kiçik biznesda marketing hatto yanada amaliy ahamiyatga ega bölişi mumkin, çunki çeklangan resurslarni qaysi mijozga va qaysi kanal orqali yönaltiriş masalasi muhim. Bunda katta kampaniyalardan köra, aniq auditoriya va tuşunarli taklifdan boşlaş mumkin.
Marketingni boşlaş uçun katta byudjet kerakmi?
Har doim ham emas. Marketing tadqiqoti, mijoz bilan suhbatlar, foydali kontent, SEO va mavjud mijozlar bilan işlaş kabi ayrim faoliyatlar katta reklama byudjetini talab qilmasligi mumkin. Pullik reklama esa maqsad, auditoriya, raqobat va kanalga qarab turli xarajatlarni talab qiladi.
Digital marketing marketingning örnini bosadimi?
Yöq. Digital marketing — marketingning raqamli kanallar va vositalar orqali amalga oşiriladigan qismi. Marketing strategiyasi esa raqamli kanallardan taşqari mahsulot, narx, savdo, tarqatiş va mijoz tajribasini ham qamrab olişi mumkin.
Marketing natijasini qanday ölçaş mumkin?
Bu maqsadga boğliq. Sotuvga yönaltirilgan kampaniya uçun xaridlar, tuşum, CPA yoki ROAS kabi körsatkiçlar muhim bölişi mumkin. Brend xabardorligida esa reach, branded search yoki boşqa awareness körsatkiçlari köproq ahamiyat kasb etişi mumkin.
Yaxşi marketing mahsulot yomon bölsa ham uni sotadimi?
Marketing mahsulotdagi muammoni uzoq muddatga “yaşirib” qöya olmaydi. Kuçli reklama odamni jalb qilişi mumkin, lekin mahsulot kutilgan qiymatni bermasa, qayta xarid, tavsiya va brendga işonç bilan boğliq muammolar paydo bölişi mumkin. Şu sababli marketing mahsulotning örnini bosmaydi; uning qiymatini töğri tuşuntiriş va kerakli mijozga yetkazişga xizmat qiladi.
Marketingni tuşuniş uçun uni faqat reklama paneli, postlar yoki bannerlar orqali körmaslik kerak. Uning markazida mijoz va qiymat turadi.
Yaxşi marketingning savoli “Qanday qilib köproq reklama qilamiz?” emas, köpinça “Mijozga qanday qiymat beramiz va buni unga qanday aniq tuşuntiramiz?” böladi.
Mahsulot töğri bölsa, auditoriya aniq tanlansa, taklif tuşunarli bölsa va natijalar muntazam ölçansa, marketing alohida reklama kampaniyalari yiğindisidan biznesni rivojlantiriş tizimiga aylanadi.
Agar biznesingiz uçun marketing strategiyasi, reklama yoki raqamli kanallarni qanday yölga qöyiş masalasida amaliy yordam kerak bölsa, forma töldiring — vazifangizni körib çiqib, sizga mos işlaş yönalişini birga belgilaymiz.



