Sayt tezligi konversiyaga qanday ta’sir qiladi
Bir sekundlik kechikish qancha mijozga teng? O'z loyihalarimdagi o'lchovlar va tuzatish ro'yxati.
Sayt tezligi — texnik masala emas, biznes masalasi. Sekin ochiladigan sahifa reklama byudjetini jimgina yeb boradi.
Nimani o’lchash kerak
LCP, CLS va birinchi javob vaqti — uchtasi yetarli. Qolganlari ko’pincha shu uchtasining natijasi.
Eng ko’p uchraydigan sabablar
Optimallashtirilmagan rasmlar, keraksiz skriptlar va ortiqcha shriftlar. Ko’pincha bir kunlik ish 30–40% yaxshilanish beradi.