Jurabek
Marketing mutaxassisi
Ko‘p yillik tajribaga ega marketolog sifatida raqamli marketing, texnologiyalar va biznes rivojiga oid bilimlarimni shu blogda ulashib boraman. Bu yerda nazariyadan ko‘ra amaliy tajriba, real loyihalar va ishlaydigan yechimlarga ko‘proq e’tibor qarataman.
Nima bilan shug‘ullanaman
Raqamli marketing strategiyalarini ishlab chiqaman, reklama kampaniyalarini boshqaraman, veb-saytlar ustida ishlayman va AI instrumentlarini kundalik ish jarayonlariga integratsiya qilaman.
Yondashuvim oddiy: avval ma’lumot va o‘lchov, keyin qaror. Men uchun chiroyli g‘oyadan ko‘ra, uning real natijasi muhim.
Bu blogda nimalar haqida yozaman
Bu blogda marketing va texnologiyaga oid amaliy kontent bilan bo‘lishaman:
- real loyihalarda sinab ko‘rilgan marketing yondashuvlari;
- AI instrumentlarining imkoniyatlari;
- veb-sayt tezligi, konversiya va analitika bo‘yicha amaliy tavsiyalar;
- shaxsiy tajriba, yo‘l qo‘yilgan xatolar va ulardan chiqarilgan xulosalar;
- ish jarayonini samaraliroq qilish uchun foydali instrumentlar va yondashuvlar.
Aloqa
Hamkorlik, loyiha yoki maslahat masalalari bo‘yicha telegram orqali bog‘lanishingiz mumkin.